Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
−10°Cda o‘chirishlar: Kiyevda elektr, suv va issiqlik ta’minoti izdan chiqdi
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) RFning Ukraina energetikasiga bergan zarbalarini “insoniyatga qarshi jinoyatlar” deb baholadi. Bu haqdagi xabar UXXning Telegram kanalida payshanba kuni, 15 yanvar kuni e’lon qilindi. Bayonotda bu “Kremlning ukrain xalqini yo‘q qilishga qaratilgan izchil siyosati” ekani ta’kidlanadi.
Foto: Danyil Bashakov/AP Photo/picture alliance
Ukraina tomoni isitish mavsumi boshlanganidan buyon RF tomonidan mamlakatning energiya obektlari va issiqlik ta’minoti tizimlariga qarshi 256 ta havo hujumi hujjatlashtirilganini bildirgan. Bayonotda qayd etilishicha, 2025 yil oktyabr boshidan RF kuchlari “maqsadli ravishda Ukrainadagi 11 ta gidroelektrostansiya va 45 ta eng yirik issiqlik elektr markazlariga” hujum qilgan. Shuningdek, hujjatga ko‘ra, RF harbiylari issiqlik elektr stansiyalariga 49 ta aniq havo zarbasi, Ukraina turli hududlaridagi elektr podstansiyalariga esa 151 ta zarba bergan.
Hujumlar “Geran” dronlari, shuningdek, “Iskander”, “Kalibr”, “X-101”, “X-69” turidagi ballistik va qanotli raketalar yordamida amalga oshirilgani aytilgan.
Eng ko‘p o‘qqa tutishlar Kiyev shahri va Kiyev viloyati, Xarkiv, Odessa, Dnipropetrovsk, Sumi, Mikolayiv va Chernixiv viloyatlaridagi obektlarga to‘g‘ri kelgan.
Kiyev ta’kidlashicha, keskin sovuq tushgan paytdagi zarbalar elektr va issiqlikning keng ko‘lamda o‘chishiga, shuningdek, millionlab ukrain fuqarolari uylarida suv ta’minoti uzilishiga olib kelgan.
The New York Times 15 yanvar kuni bu qishda poytaxtdagi vaziyatni urush boshlanganidan beri “eng og‘ir” deb atagan.
10 yanvar kuni kunduzi Kiyev shahar hokimiyati favqulodda elektr uzilishlarini joriy qildi, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti va elektr transporti tizimlari ishi ham to‘xtatildi. Bu haqda Kiyev shahar davlat ma’muriyati (KShDM) ijtimoiy tarmoqlarda “Ukrenergo” davlat kompaniyasi ko‘rsatmasiga tayanib xabar berdi.
Shahar meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, 9 yanvar kechasi Ukraina energetika infratuzilmasiga berilgan ommaviy Rossiya zarbasidan keyin elektr uzatishda uzilishlar paydo bo‘lgan, poytaxtdagi ko‘p qavatli uylarning taxminan yarmi issiqliksiz qolgan. Klichko Kiyev aholisining imkoniyati bo‘lsa, issiqlik va energiyaning muqobil manbalari bor shahar tashqarisidagi uylarga vaqtincha chiqib turishga chaqirgan.
Kiyev viloyati ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko KShDMning tezkor o‘chirishlar haqidagi xabari ortidan mutaxassislar muammoni hal qila olganini, tez orada Kiyev qaytadan grafik asosida o‘chirishlar rejimiga qaytishini aytgan. Poytaxtda havo harorati Tselsiy bo‘yicha −10 darajagacha tushgan.
Mavzuga oid
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
16:13 / 15.01.2026