Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 60 979 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga borgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,7 ming nafarga yoki 47,7 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida o‘zbekistonliklarning Misrga safarlari sezilarli darajada ko‘paygan. Qayd etilishicha, 11 oy davomida 60 979 nafar fuqaro turistik maqsadlarda ushbu mamlakatga yo‘l olgan.
Taqqoslash uchun, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 19,7 ming nafarga yoki 47,7 foizga yuqori.
Safar maqsadlari kesimida esa quyidagi taqsimot qayd etilgan:
- sayohat — 55 090 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 5 679 nafar;
- davolanish — 172 nafar;
- o‘qish — 20 nafar;
- xizmat yuzasidan — 18 nafar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misrga safar qilganlarning asosiy qismi — sayohat maqsadida borgan fuqarolar hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
12:30 / 22.12.2025
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025