Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qon mahsulotlari 2 bosqichli majburiy skriningdan o‘tkaziladi
Prezident qaroriga ko‘ra, qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash, jarayonlarni standartlashtirish hamda elektron hisobni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshiriladi.
“2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–19-son, 20.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim joriy etiladi. Xususan, 2026 yil 1 oktyabrdan:
qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlashga qaratilgan barcha texnik hamda tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi;
“ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 2027 yil 1 martdan “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 oktyabrdan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkazish tizimi joriy etilishi belgilandi.