Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Global Firepower Index’ning yangilangan reytingida O‘zbekiston qurolli kuchlari Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari orasida uchinchi va dunyoning 145 mamlakati orasida 53-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston armiyasi harbiy salohiyat bo‘yicha 145 ta davlat orasida 53-o‘rinda qayd etildi. Bu haqda Global Firepower Index’ning yangilangan reytingida keltirib o‘tilgan.
Mutaxassislar qurolli kuchlarni oltmishdan ortiq parametrlar bo‘yicha baholagan. Ularning asosiylari qatorida mudofaaga mablag‘ sarflanishi darajasi, texnik ta’minot, armiya soni, tanklar, kemalar, samolyotlar va boshqa harbiy texnikalarning miqdori, neft mahsulotlari mavjudligi, davlatning geografik xususiyatlari, ishlab chiqarish va ba’zi resurslar iste’moli, logistik imkoniyatlar kabi mezonlar hisobga olingan.
Reytingga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston armiyasi harbiy salohiyat bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. Chegaradosh mamlakatlar: Qozog‘iston 58-o‘rin, Turkmaniston 78-o‘rin, Tojikiston 100-o‘rin, Qirg‘iziston 109-o‘rin, Afg‘oniston esa 121-o‘rinda qayd etilgan.
Sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallab, faqatgina Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (20-o‘rin) armiyalaridan ortda qoldi.
Yangilangan reytingda harbiy salohiyati dunyo bo‘yicha eng yuqori baholangan davlatlar Top-10 taligi quyidagicha:
- AQSh;
- Rossiya;
- Xitoy;
- Hindiston;
- Janubiy Koreya;
- Fransiya;
- Yaponiya;
- Buyuk Britaniya;
- Turkiya;
- Italiya.
Ro‘yxatning eng quyi pog‘onasidan Butan, Beliz, Markaziy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
07:44 / 19.01.2026
Reyting: dunyodagi eng qudratli 50 ta armiya
13:30 / 30.12.2025
Rossiya armiyasiga kuzdagi chaqiruv - so‘nggi 9 yildagi rekord
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
08:42 / 09.12.2025