Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 ta korxonaning ustun muzokara kuchiga egaligi e’tirof etildi
Raqobat qo‘mitasi maishiy chiqindilar va temir yo‘l xizmatlari bozorida faoliyat yuritayotgan 12 ta kompaniyani ustun muzokara kuchiga ega tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.
Raqobat qo‘mitasi maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish hamda temiryo‘l liniyasini foydalanishga berish xizmatlarini tahlil qildi. O‘zrganishlar natijasida ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘zlariga biriktirilgan hududlarda muzokara jarayonlariga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega ekani aniqlangan.
Olib borilgan tahlillar asosida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga muvofiq, qo‘mita hududiy organlarining tegishli buyruqlari bilan jami 12 ta korxona ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.
Xususan, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha Toshkent viloyatida “Zangiota Obodon”, “Rahnamo Servis” va “Angren Bunyod Fayz” MChJlar, Farg‘ona viloyatida“Maxsus Garant Avto Servis” hamda “Vodiy Maxsus Sanitar Trans” MChJlar, Surxondaryo viloyatida “Surxondaryo viloyati Toza Hudud” DM, “Bio Texno Eko” MChJ, «Bio-Tex-Eko» MChJning Sariosiyo va Uzun filiallari, shuningdek “Qiziriq-Invest” va “Sale Kingdim” MChJlar ustun muzokara kuchiga ega deb topildi.
Temiryo‘l liniyasidan foydalanish xizmatlari bo‘yicha esa Toshkent viloyatida “Petromaruz Uzbekistan MChJ”, Sirdaryo viloyatida “Ulug‘bek Yangiyer Qurilish” MChJ tegishli ro‘yxatga kiritildi.
Mavzuga oid
11:38 / 20.04.2026
Oxirgi 15 oyda Raqobat qo‘mitasiga Golden House ustidan 74 ta shikoyat kelib tushdi
19:17 / 16.04.2026
21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
20:11 / 06.04.2026
Un sotish qoidalarini buzgan 29 ta korxona birjadan chetlashtirildi
12:46 / 30.03.2026