Jamiyat | 08:30
999
1 daqiqa o‘qiladi

Nurafshon ko‘chasida uchta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi

2025 yil 24 yanvar kuni soat 21:45 larda Toshkent shahri Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lum qilinishicha, 1997 yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtoulov harakatlanib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini keskin o‘ngga burgan. 

Oqibatda ushbu avtoulov shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi BYD hamda 1983 yilda tug‘ilgan Yu.J. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositalari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid