Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilgi “Ochiq budjet” loyihalari taqvimi e’lon qilindi
Taqvimdan “Tashabbusli budjet”, “Mening maktabim” va “Mening bog‘im” loyihalari bo‘yicha asosiy sanalar joy olgan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek, 1 fevraldan boshlanadigan “Tashabbusli budjet”da bu yil qanaqa o‘zgarishlar bo‘lishini eslatib o‘tdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 yilda “Ochiq budjet” portali (openbudget.uz sayti)da jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimini taqdim etdi.
Yil davomida portalda “Tashabbusli budjet”ning ikkita mavsumi, joriy va keyingi o‘quv yillari uchun “Mening maktabim” hamda “Mening bog‘im” loyihalari o‘tkaziladi.
Xususan, “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumida loyiha kiritish bosqichi 1 fevraldan boshlanib, 20 kun davom etadi.
Vazirlikning eslatishicha, joriy yilda bu loyiha quyidagicha o‘zgarishlarga uchradi:
- Loyihalarning eng yuqori qiymati:
🔹qurilish-ta’mirlash loyihalari bo‘yicha — 1 648 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 4 000 baravari);
🔹jihozlash loyihalari bo‘yicha — 824 mln so‘m (BHMning 2 000 baravari)ni tashkil etadi;
- istisno tariqasida mahallalari soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman (shahar)larda tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi;
- fuqarolarga loyihalarni sherikchilik asosida moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi;
- Oliy Majlis deputatlariga tegishli okrugdagi g‘olib bo‘la olmagan 1 tadan loyihani qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyati beriladi.
Mavzuga oid
11:08 / 07.07.2026
«Tashabbusli budjet»ning 11-mavsumi 15 iyuldan start oladi
17:35 / 30.06.2026
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026