Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqning Chimyon hududida qor ko‘chkisi kuzatildi
Bo‘stonliq tumani, Chimyon hududida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 300 m³ hajmda 1 ta qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida talafot va jabrlanganlar yo‘q.
2026 yil 28 yanvar kuni taxminan soat 06:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon hududida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 300 m³ hajmdagi 1 ta qor ko‘chkisi kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida talafot hamda jabrlanganlar qayd etilmagan.
Shu bilan birga, hududda ob-havo sharoiti yomonligi sababli ma’lumot muddatidan kech taqdim etilgani bildirildi.
Qayd etilishicha, O‘zgidromet mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo o‘zgarishining doimiy monitoringi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
12:23 / 16.01.2026
Sijjakda xandaqqa tushib ketgan mashina maxsus texnika yordamida chiqarildi
10:23 / 10.01.2026
Bo‘stonliqda qurilish chuqurligiga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
15:53 / 16.12.2025