«Toşşahartransxizmat» AJ ma’lumotiga köra, yangi 324- va 325-sonli mikroavtobus yönalişlari işga tuşiriladi. Uşbu qatnovlar toğli hududlar aholisi, şuningdek, tabiat qöynida dam olişni istagan mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun qulaylik yaratadi.

324-sonli yönaliş Çimyon orqali Çinorkent temiryöl bekati — Qoranqul — Pana mehmonxonasi — Amirsoy — Tibet — Beldersoy — Çimyon — Sevarsoy — Layner — Piramida — Boçka orqali Beldersoygaça harakatlanadi.

325-sonli yönaliş esa uşbu yönalişning teskari tartibdagi qatnovini ta’minlab, Çinorkent — Boçka — Piramida — Layner — Sevarsoy — Çimyon — Beldersoy — Tibet — Amirsoy — Pana mehmonxonasi — Qoranqul orqali yana Çinorkentga qaytib keladi.

Yönalişlarda 16 örinli, konditsionerli zamonaviy «Ford» rusumli mikroavtobuslar xizmat körsatadi. Yöl haqi 10 ming söm etib belgilangan bölib, tölovlar naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oşirilişi mumkin.

Qatnovlar har kuni soat 06:00 dan boşlanib, har 15 daqiqada amalga oşiriladi. Manzilgaça yetib boriş vaqti örtaça 40 daqiqani taşkil etadi.

Yangi yönalişlar hududda ekoturizmni rivojlantiriş, sayyohlar oqimini oşiriş va mahalliy aholi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.