Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchi hudud bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yakunida mamlakat bo‘yicha 879 599 ta tirik tug‘ilish holati ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida, eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
Foto: Getty Images
Ma’lum qilinishicha, hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Samarqand viloyati – 106 266 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 99 656 ta;
- Farg‘ona viloyati — 98 319 ta;
- Surxondaryo viloyati — 81 885 ta;
- Andijon viloyati — 79 672 ta;
- Namangan viloyati — 75 689 ta;
- Toshkent viloyati — 64 245 ta;
- Toshkent shahri — 62 318 ta;
- Xorazm viloyati — 46 056 ta;
- Buxoro viloyati — 43 654 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 39 277 ta;
- Jizzax viloyati — 37 393 ta;
- Navoiy viloyati — 24 127 ta;
- Sirdaryo viloyati — 21 042 ta.
Qayd etish joiz, tug‘ilishlar soni bo‘yicha uchta yetakchi hudud — Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona — jami 304 241 ta ko‘rsatkich bilan umumiy tug‘ilishlarning taxminan 34,6 foiz qismini tashkil etgan. Shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri hissasi jami 126 563 ta (taxminan 14,4 foiz)ga teng bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
11:45 / 01.04.2026
Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026