Jamiyat | 13:01
1175
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirdagi «Suvmash» hududida qora tutun chiqishi bo‘yicha tezkor chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bektemir tumanidagi «Suvmash» hududidan yonilg‘i (solyarka) hidi aralash qora tutun chiqayotgani haqida murojaatlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi davlat ekologiya inspektorlari voqea joyiga chiqib, dastlabki o‘rganish o‘tkazdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi «Suvmash» hududida korxonaning havo tozalash filtri nosoz holatga kelib qolgani aniqlangan. Mutaxassislar tomonidan qisqa muddat ichida nosozlik bartaraf etilib, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli tashlanmalar to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda hududdagi ekologik vaziyat barqarorlashgan, holat doimiy nazoratga olingan. Qo‘shimcha o‘rganish va monitoring ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, bosh boshqarma fuqarolarni bunday holatlarga befarq bo‘lmaslikka va ekologik muammolar yuzasidan murojaat qilib borishga chaqirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid