Toşkent markazida joylaşgan Ritz-Carlton mehmonxonasi quriliş maydonida 10 dan ortiq qimmatbaho daraxt kesib, qöporib taşlandi.

Ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi raisi maslahatçisi Rasul Kuşerbayevning qayd etişiça, Ozarboyjonning PD Estatess MÇJ korxonasiga «Milliy boğ» xiyoboni hududi yonidan berilgan yer maydonida moratoriy talablariga zid ravişda 12 tup qimmatbaho daraxt ruxsatnomasiz kesib qöporib taşlangani aniqlangan.

Uning sözlariga köra, quriliş kompaniyasi hududdagi daraxtlarning kesiliş jarayonini videoga olişga har tomonlama tösqinlik qilgan.

Toşkent şahri Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi 20 fevral kuni xabar yuzasidan ötkazilgan reyd davomida mazkur holatni tasdiqlagan. Ma’lum qilinişiça, Çilonzor tumani Baynalminal köçasi, 102A-uy manzilida joylaşgan PD Estatess MÇJga tegişli hududda soğlom ösiş holatida bölgan jami 12 tup daraxt, şundan 9 tupi prezident farmoniga asosan muddat­siz davrga uzaytirilgan moratoriy talablariga zid ravişda, heç qanday tegişli ruxsatnomalarsiz ildiz qismi bilan qöporib olingan.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan hamda tabiatga 351 mln 230 ming söm miqdorida zarar yetkazilgani hisoblab çiqilgan.

Hozirda töplangan hujjatlarni huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuboriş çoralari körilmoqda.

 

Ma’lumot uçun, PD Estatess MÇJ XK — Ozarboyjonning Pasha Holding kompaniyasi bölib, qiymati 200 million AQŞ dollari bölgan Ritz Carlton brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqda.

Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga köra, PD Estatess 2023 yil noyabr oyida röyxatdan ötgan. Kompaniya 251,3 mlrd sömlik ustav fondiga ega va «quriliş loyihalarini işlab çiqiş» bilan şuğullanadi. Ta’sisçilari Pasha Development (99 foiz) va Pasha Holding (1 foiz) hisoblanadi, rahbar sifatida Baris Battal körsatilgan.