O‘zbekiston | 17:00
882
4 daqiqa o‘qiladi

HUMO biznes uchun to‘lov servislari bozorida kengayishda davom etmoqda

HUMO milliy banklararo to‘lov tizimi texnologik to‘lov devayslarining yangilangan oilasini taqdim etar ekan, butun mamlakat bo‘ylab savdo nuqtalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni kuchaytirib, to‘lov qurilmalari va biznes uchun servislar bozorida faol kengayishni davom ettiradi.

Foto: HUMO

HUMO klassik infratuzilma modelidan mahsulotli yondashuvga o‘tadi: kompaniya naqdsiz to‘lovlarni qabul qilishni ta’minlabgina qolmay, biznesga ko‘plab funksiyalarni bir qurilmada jamlovchi to‘laqonli texnologik yechimlarni taklif etadi.

Bozor o‘zgarmoqda, HUMO esa bozordan jo‘shqinroq harakat qilmoqda

O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlar kundalik hisob-kitoblar standartiga aylanmoqda, ularning hajmi esa jadal kengaymoqda. Tartibga solish muhitini qo‘llab-quvvatlash va biznes talablariga javob berish uchun HUMO barqarorlik, jadallik va servisning yuqori sifatiga urg‘u bergan holda, tadbirkorlar uchun ekotizimni kengaytirishga investitsiya kiritmoqda.

Kengayish doirasida HUMO MBPM to‘lov qurilmalarining yangi avlodi – Sunmi P3 zamonaviy smart-terminallarini xarid qildi va distributsiyani yo‘lga qo‘ydi. Bu terminallar quyidagilarni o‘zida jamlaydi:

  • naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish,
  • kassa va hisobot funksiyalari,
  • biznes uchun servis modullari,
  • masofadan qo‘llab-quvvatlash.

HUMO jihozlarni distributsiyalar ekan, ularning sifat nazoratini, yagona servis standartlarini va butun mamlakat bo‘ylab texnik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.

HUMO terminallarni emas, biznes uchun tayyor yechimlarni sotadi

“Bugungi kunda HUMO – bu shunchaki to‘lov infratuzilmasi emas, balki hamma joyda ishlovchi servisdir. Biz faol o‘sish davriga o‘tyapmiz va bozorga tadbirkorlarning hayotini yengillashtiruvchi texnologik to‘lov mahsulotini taklif etamiz. Maqsadimiz – har qanday savdo nuqtasida naqdsiz to‘lov barqaror, tez va yon bosishlarsiz ishlashini ta’minlashdir. Biz jihozlar, servis va qo‘llab-quvvatlashni sarmoyalaymiz, zero buning ortida biznes va mijozlar ishonchi turadi”, — deb izohladi HUMO boshqaruvi raisining biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Polyanskiy.

Bozor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot va sifat nazorati

HUMO tadbirkorlar va xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytiradi. Savdo nuqtalari POS-uskunalar bilan yuqori darajada jihozlanganiga qaramay, bozorda hanuz naqdsiz to‘lov qabul qilishdan bosh tortish yoki terminallarning nobarqaror ishlashi holatlariga duch kelinmoqda. Shu sababli HUMO orqali naqdsiz to‘lovlar qabul qilishdan bosh tortish holatlari to‘g‘risidagi aholi murojaatlarini qabul qilish uchun HUMO (+998) 78-888-85-85 kun-u tun ishlovchi tezkor liniyasini yo‘lga qo‘moqda.

Kompaniya bunday signallarga zudlik bilan munosabat bildiradi, tekshiruv o‘tkazadi va savdo nuqtalari bilan birga muammolarni hal qiladi.

Tezkor liniya orqali, shuningdek, yangi avlod Sunmi P3 to‘lov qurilmalarini tezkor buyurtirish ham mumkin. Murojaatlar quyidagi raqam orqali qabul qilinadi: (+998) 78-888-85-85

Sayt: https://humotech.uz/

HUMO haqida

HUMO — O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi bo‘lib, mamlakat ichida naqdsiz hisob-kitoblarni va xalqaro tizimlar bilan integratsiyalashuvni ta’minlaydi. HUMO to‘lov infratuzilmasini, biznes va aholi uchun servislar hamda texnologik yechimlarni rivojlantirib, mamlakatning zamonaviy to‘lov ekotizimini shakllantiradi.

Mavzuga oid