HUMO klassik infratuzilma modelidan mahsulotli yondaşuvga ötadi: kompaniya naqdsiz tölovlarni qabul qilişni ta’minlabgina qolmay, biznesga köplab funksiyalarni bir qurilmada jamlovçi tölaqonli texnologik yeçimlarni taklif etadi.
Bozor özgarmoqda, HUMO esa bozordan jöşqinroq harakat qilmoqda
Özbekistonda naqdsiz tölovlar kundalik hisob-kitoblar standartiga aylanmoqda, ularning hajmi esa jadal kengaymoqda. Tartibga soliş muhitini qöllab-quvvatlaş va biznes talablariga javob beriş uçun HUMO barqarorlik, jadallik va servisning yuqori sifatiga urğu bergan holda, tadbirkorlar uçun ekotizimni kengaytirişga investitsiya kiritmoqda.
Kengayiş doirasida HUMO MBPM tölov qurilmalarining yangi avlodi – Sunmi P3 zamonaviy smart-terminallarini xarid qildi va distributsiyani yölga qöydi. Bu terminallar quyidagilarni özida jamlaydi:
- naqdsiz tölovlarni qabul qiliş,
- kassa va hisobot funksiyalari,
- biznes uçun servis modullari,
- masofadan qöllab-quvvatlaş.

HUMO jihozlarni distributsiyalar ekan, ularning sifat nazoratini, yagona servis standartlarini va butun mamlakat böylab texnik qöllab-quvvatlanişini ta’minlaydi.
HUMO terminallarni emas, biznes uçun tayyor yeçimlarni sotadi
“Bugungi kunda HUMO – bu şunçaki tölov infratuzilmasi emas, balki hamma joyda işlovçi servisdir. Biz faol ösiş davriga ötyapmiz va bozorga tadbirkorlarning hayotini yengillaştiruvçi texnologik tölov mahsulotini taklif etamiz. Maqsadimiz – har qanday savdo nuqtasida naqdsiz tölov barqaror, tez va yon bosişlarsiz işlaşini ta’minlaşdir. Biz jihozlar, servis va qöllab-quvvatlaşni sarmoyalaymiz, zero buning ortida biznes va mijozlar işonçi turadi”, — deb izohladi HUMO boşqaruvi raisining biznesni rivojlantiriş böyiça örinbosari Sergey Polyanskiy.
Bozor bilan töğridan töğri muloqot va sifat nazorati
HUMO tadbirkorlar va xaridorlar bilan töğridan töğri muloqotni kuçaytiradi. Savdo nuqtalari POS-uskunalar bilan yuqori darajada jihozlanganiga qaramay, bozorda hanuz naqdsiz tölov qabul qilişdan boş tortiş yoki terminallarning nobarqaror işlaşi holatlariga duç kelinmoqda. Şu sababli HUMO orqali naqdsiz tölovlar qabul qilişdan boş tortiş holatlari töğrisidagi aholi murojaatlarini qabul qiliş uçun HUMO (+998) 78-888-85-85 kun-u tun işlovçi tezkor liniyasini yölga qömoqda.
Kompaniya bunday signallarga zudlik bilan munosabat bildiradi, tekşiruv ötkazadi va savdo nuqtalari bilan birga muammolarni hal qiladi.
Tezkor liniya orqali, şuningdek, yangi avlod Sunmi P3 tölov qurilmalarini tezkor buyurtiriş ham mumkin. Murojaatlar quyidagi raqam orqali qabul qilinadi: (+998) 78-888-85-85
Sayt: https://humotech.uz/
HUMO haqida
HUMO — Özbekiston milliy tölov tizimi bölib, mamlakat içida naqdsiz hisob-kitoblarni va xalqaro tizimlar bilan integratsiyalaşuvni ta’minlaydi. HUMO tölov infratuzilmasini, biznes va aholi uçun servislar hamda texnologik yeçimlarni rivojlantirib, mamlakatning zamonaviy tölov ekotizimini şakllantiradi.
Reklama huquqi asosida











