O‘zbekiston | 14:49
780
1 daqiqa o‘qiladi

To‘qimachilikda hamkorlik: Shavkat Mirziyoyev Gohar Textile rahbarini qabul qildi

Davlat tashrifi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Gohar Textile rahbariyati bilan O‘zbekistonda qo‘shma to‘qimachilik ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish va korxonalarni xalqaro ta’minot zanjirlariga integratsiya qilish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida Gohar Textile kompaniyasi asoschisi Gouhar Mustafo bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, kompaniya paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, maishiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Uchrashuvda mamlakatda to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston korxonalarini xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid