Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda haydovchisiz taksilar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Haydovchisiz taksilar real vaqt rejimidagi ma’lumotlar, yuqori aniqlikdagi xaritalar va algoritmlarni birlashtirgan dasturiy platforma asosida harakatlanadi. Avtomobil chorrahalar, piyodalar va boshqa transport vositalaridan kelib chiqib qaror qabul qila oladi.
Foto: Baidu
Dubay yo‘llar va transport boshqarmasi RT6 haydovchisiz taksilari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Loyihaga Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maqtum start berdi.
Xitoyning Baidu kompaniyasiga qarashli Apollo Go servisi tomonidan ishlab chiqarilgan RT6 taksilari 40dan ortiq zamonaviy datchiklar, jumladan, yuqori aniqlikdagi lidarlar, ko‘p diapazonli radarlar va yuqori o‘lchamdagi kameralar bilan jihozlangan.
Ular avtomobilga atrofni muntazam kuzatish va tahlil qilish, to‘siqlarni aniqlash, yo‘ldagi vaziyatni taxmin qilish va yo‘l harakati sharoitlari o‘zgarishiga moslashish imkonini beradi.
Haydovchisiz taksilar real vaqt rejimidagi ma’lumotlar, yuqori aniqlikdagi xaritalar va algoritmlarni birlashtirgan dasturiy platforma asosida harakatlanadi. Avtomobil murakkab shahar muhitida harakatlana oladi, chorrahalar, piyodalar va boshqa transport vositalaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi.
Birinchi bosqichda 100ta haydovchisiz mashina faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, ular mart oyidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Keyinroq ularning sonini 1000taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
23:11 / 18.03.2026