Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya generaliga suiqasd qilishda gumonlangan shaxs Dubayda qo‘lga olindi – OAV
6 fevral kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati mamlakat mudofaa vazirligi general-leytenanti Vladimir Alekseyevning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar bergandi. Xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs Volokolamskoye shossedagi uyda Alekseyevga qarata bir necha bor o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan.
Foto: IZVeSTIYa
Rossiya mudofaa vazirligi general-leytenanti Vladimir Alekseyevga suiqasd qilishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi ReN TV.
«Izvestiya» manbasi ham generalga o‘q uzgan shaxs ushlanganini tasdiqladi.
Shot ma’lumotiga ko‘ra, yollanma qotil hamda uning sherigi Dubaydan Moskvaga olib kelinmoqda.
Shuningdek, TASSning yozishicha, general-leytenant og‘ir o‘tgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng hushiga kelgan.
6 fevral kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati general-leytenant Vladimir Alekseyevning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar bergandi.
Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, noma’lum shaxs Volokolamskoye shossedagi uyda Alekseyevga qarata bir necha bor o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan.
Alekseyev Bosh shtab Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i, Ukraina va AQSh bilan uchtomonlama muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan admiral Igor Kostyukovning birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. 2017 yilda unga Rossiya Qahramoni unvoni berilgan.
Mavzuga oid
14:27 / 06.02.2026
Moskvada yana bir generalga suiqasd uyushtirildi
15:14 / 05.01.2026
Bektemirda ko‘prikdan sakramoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
15:04 / 17.10.2025