Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada rossiyalik muxolifatchiga suiqasdning oldi olindi
Fransiya aksilterror prokuraturasi mamlakatda yashovchi rossiyalik muxolifatchiga suiqasd uyushtirishda gumonlangan to‘rt kishini hibsga oldi. OAV xabarlariga ko‘ra, Gulagu.net asoschisi Vladimir Osechkinga suiqasd tayyorlangan.
Fransiya milliy aksilterror prokuraturasi (PNAT) 16 oktyabr, payshanba kuni mamlakatda yashovchi rossiyalik muxolifatchiga suiqasd tayyorlashda gumonlangan to‘rt kishi hibsga olinganini e’lon qildi. Idora uning ismini oshkor qilmadi, biroq Le Parisien gazetasi bu shaxs Gulagu.net inson huquqlari loyihasi asoschisi Vladimir Osechkin ekanligini xabar qildi.
U bu ma’lumotni o‘zining Telegram-kanalida tasdiqladi. «Ha, tasdiqlayman. Men tirikman, ular hibsga olingan», — deb yozadi Osechkin. U Fransiya xavfsizlik xizmatlariga minnatdorchilik bildirdi: «Agar ularning mutaxassislari va zobitlari bo‘lmaganida, men endi tirik qolmasdim».
PNAT xabar berishicha, rejalashtirilgan suiqasd bo‘yicha dastlabki tergov 19 sentabrda boshlangan va Fransiya ichki razvedka xizmati ham bunga qo‘shilgan. 13 oktyabr kuni ushbu tergov doirasida 26-38 yoshli 4 nafar erkak hibsga olingan. Le Parisien nashrining yozishicha, ular orasida Fransiya fuqarolari va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Dog‘istondan bo‘lgan fuqarolar ham bor.
2022 yil sentabrida Gulagu.net asoschisi uni oilasi bilan yashaydigan Fransiyaning Biarrits shahrida o‘ldirishga urinishgani haqida xabar bergan edi. Osechkinning so‘zlariga ko‘ra, suiqasdning oldini bolgariyalik tadqiqotchi jurnalist, Bellingcat loyihasidan Xristo Grozev olgan va unga suiqasd haqida xabar bergan. Osechkinning ta’kidlashicha, suiqasd «FSB va uyushgan jinoyatchilik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan shaxs» tomonidan rejalangan.
Shundan so‘ng Fransiya prokuraturasi Vladimir Osechkinga nisbatan tahdidlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi, biroq huquq himoyachisining uni kimdir o‘ldirishga uringanligi haqidagi da’volarini tasdiqlovchi «hech qanday obektiv dalil» topmadi, deb yozadi AFP.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026