Ta’lim | 10:49
588
2 daqiqa o‘qiladi

“3+1” va “2+2”: Saffolk universiteti bilan qo‘shma ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston diplomatlari University of Suffolk prorektori Marek Xornak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: “Dunyo” AA

Britaniya tomoni “dual diplom” dasturlarini 3+1 va 2+2 tamoyillari asosida joriy etishga katta qiziqish bildirdi. Unga ko‘ra, talabalar ta’limning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini esa Britaniyada o‘qib, ikki tomonlama diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, talabalar va mutaxassislar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish taklif etildi.

Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari va maxsus treninglar o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ta’kidlanishicha, mazkur hamkorlik yurtimizda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, akademik almashinuvni kengaytirish va kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2007 yilda tashkil etilgan University of Suffolk'da hozirda qariyb 14 ming talaba tahsil olmoqda. Universitet amaliy fanlar, biznes boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, stomatologiya va IT kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid