Britaniya tomoni “dual diplom” dasturlarini 3+1 va 2+2 tamoyillari asosida joriy etişga katta qiziqiş bildirdi. Unga köra, talabalar ta’limning bir qismini Özbekistonda, qolgan qismini esa Britaniyada öqib, ikki tomonlama diplom oliş imkoniyatiga ega böladi. Şuningdek, talabalar va mutaxassislar uçun amaliyot dasturlarini taşkil etiş hamda qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş taklif etildi.
Uçraşuv yakunida özbekistonlik professor-öqituvçilar uçun malaka oşiriş dasturlari va maxsus treninglar ötkaziş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi. Ta’kidlanişiça, mazkur hamkorlik yurtimizda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga kötariş, akademik almaşinuvni kengaytiriş va kadrlar salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Ma’lumot örnida, 2007 yilda taşkil etilgan University of Suffolk'da hozirda qariyb 14 ming talaba tahsil olmoqda. Universitet amaliy fanlar, biznes boşqaruvi, soğliqni saqlaş, stomatologiya va IT kabi yönalişlarda mutaxassislar tayyorlaydi.

















