Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord natija qayd etdi
Pokistonda o‘tkazilgan IX “Jamoa ruhi” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari 97,3 foiz natija bilan g‘olib bo‘ldi. Harbiylar 90 km masofani 33 soat-u 34 daqiqada bosib o‘tib, “yarador”ni tashish bo‘yicha ham mutlaq rekord o‘rnatdi.
Pokistonda o‘tkazilgan nufuzli IX “Jamoa ruhi” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari eng yuqori natijani qayd etib, 97,3 foiz ko‘rsatkich bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Malayziya (82,1 foiz), uchinchi o‘rinni esa AQSh (76,4 foiz) egalladi.
Musobaqada dunyoning 19 ta davlatidan 34 ta jamoa ishtirok etgan. Shartlarga ko‘ra, ishtirokchilar 90 kilometr masofani bosib o‘tish asnosida 31 marta turli murakkab to‘siqlar hamda amaliy test sinovlarini bajarishi lozim bo‘lgan. O‘zbekiston jamoasi mazkur masofani 33 soat-u 34 daqiqada yakunladi.
Shuningdek, harbiylar 80 kilogramm vazndagi “yarador”ni 5 km masofaga tashish bo‘yicha 27 daqiqada mutlaq rekord o‘rnatgani qayd etildi.
Mavzuga oid
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026