O‘zbekiston | 15:37
5542
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zcharmsanoat» raisi Akbar Sultonov ishdan olindi

«O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda uyushma rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.

Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bog‘ich, furnitura bo‘yicha haligacha importga bog‘liqlik bor.

Oqibatda o‘tgan yili eksport bo‘yicha va’da qilgan 250 million dollarning 40 foizi ham ta’minlangani yo‘q. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Akbar Sultonov 2024 yil noyabrida «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi etib tayinlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid