Prezidentning “Çarm-poyabzal, ipakçilik va gilamçilik tarmoqlarini rivojlantirişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida Toşkent va Jizzax viloyatlarida çarm-poyabzal kiçik sanoat zonasi hududini kengaytiriş orqali, çarmni çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan çarm-poyabzal sanoati klasterlarini taşkil etiş vazifasi yuklatilgan edi.  

Şu sababli Ohangaron tumanida 15,7 gektar yer maydonida kiçik sanoat zonasi taşkil etildi, deya xabar bermoqda “Özçarmsanoat” uyuşmasi.  

Şuningdek, çarm-sanoat texnoparki direksiyasi taşkil etilgan. Rasmiy xabarga köra, bugungi kunda  mazkur kiçik sanoat zonasida 7 taşabbuskor tomonidan 23 ta loyiha amalga oşirilişi belgilangan. Loyihalarning umumiy qiymati 31,5 mln dollarni taşkil qiladi  

“Mahalliy tadbirkorlar bilan bir qatorda Rossiya, Xitoy, Turkiya kompaniyalari uşbu hududda öz loyihalarni amalga oşiradi. 

Kiçik sanoat zonasida avtomatlaştirilgan kuşxona, terini qayta işlaş va undan tayyor mahsulot olişga ixtisoslaşgan klaster, poyabzal işlab çiqariş korxonalari va junni qayta işlaş zavodlari joy egallaydi”, - deyiladi xabarda.  

Uyuşma ayni vaqtda Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki va “Özçarmsanoat” uyuşmasi hamkorligida kiçik sanoat zonasida suv tozalaş inşootlarini barpo etiş böyiça Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazilayotganini qöşimça qilgan.  

Bundan taşqari, Prezident qarori bilan Toşkent viloyati hokimligi tomonidan sanoat zonasiga yondoş hududlardan  yana 20 gektar yer maydonini ajratiş işlari boşlangan. 

Yer maydonlari ajratilgaç auksionga qöyiladi. Hozirda uyuşma tomonidan yangi taşabbuskorlarning takliflari örganib çiqilmoqda. 

Jizzax va Toşkent viloyatida taşkil etiladigan sanoat zonalaridagi tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi?