Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd reyslari yo‘lga qo‘yildi
Qamchiq dovoni bo‘ylab transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgani sababli, vodiy viloyatlariga borish yoki vodiydan Toshkentga kelishni rejalashtirgan yo‘lovchilar uchun «Pop», «Temiryo‘lobod», «Angren» va «Ohangaron» vokzallarida qo‘shimcha temiryo‘l reyslari tashkil etildi.
Foto: FVV
Qamchiq dovoni bo‘ylab transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida vodiy viloyatlariga borish, shuningdek, vodiy viloyatlaridan Toshkent shahriga kelishni rejalashtirganlar uchun «Pop», «Temiryo‘lobod», «Angren» hamda «Ohangaron» vokzallarida qo‘shimcha temiryo‘l reyslari yo‘lga qo‘yilgan.

Yo‘lovchilarni vokzallarga yo‘naltirish ishlari FVV boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan olib borilmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Transport vazirligi, IIV, MG, mahalliy hokimlik va temiryo‘l xodimlari jalb etilgan.
Mavzuga oid
10:50
Qamchiq dovoni soat 11:00 da ochiladi, kechga yaqin harakat qayta to‘xtatilishi mumkin
13:24 / 12.02.2026
Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi
11:10 / 12.02.2026
Qamchiq dovonida qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam ko‘rsatildi
11:35 / 29.01.2026