Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Foto: Shutterstock
Nizomga muvofiq, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar himoya qilish rejasi asosida ko‘rsatiladi. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar va ularning oilalari uchun esa individual integratsiya rejasi ishlab chiqiladi.
Qarorga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun quyidagi turdagi xizmatlar nazarda tutilgan:
- 6 oygacha bo‘lgan muddatga qisqa muddatli ijtimoiy xizmatlar;
- 1 yilgacha bo‘lgan muddatga uzoq muddatli ijtimoiy xizmatlar;
- 1 yilgacha bo‘lgan muddatga tun-u kun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar.
Shuningdek, bolalar va ularning oilalari uchun “Mehrli oila” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchilarning yagona reyestriga kiritilishi shart. Buning uchun “Ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali so‘rovnoma to‘ldiriladi va u 10 ish kuni ichida belgilangan talablar asosida ko‘rib chiqiladi.
Talablarga kamida ikki nafar psixoijtimoiy mutaxassisning mavjudligi, ularning ish staji va tibbiy ma’lumotnomasi, shuningdek, binolarda sanitariya holatining ta’minlanganligi kiradi.
So‘rovnoma tasdiqlanganidan so‘ng talabgor yagona reyestrga kiritilib, bu haqda elektron tarzda xabar beriladi.
Mavzuga oid
19:36 / 02.02.2026
“Menga ishonmasliklaridan qo‘rqaman”. Zo‘rlangan bolalar taqdiri: og‘ir jazo, toqatsiz jamiyat va sukut saqlamaslik haqida
12:51 / 31.01.2026
Bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlash kerakmi? Foydasi va yo‘qotishlar haqida faollar bilan suhbat
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
14:41 / 21.01.2026