Sönggi paytlarda elektr transformatordan tok urişi natijasida bolalar halok bölişi yoki nogiron bölib qolişi holatlari kuzatilmoqda. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Namangandagi ana şunday holatdan keyin, tegişli idoraga ta’sir hujjati kiritdi.
5 may kuni Davlatobod tumanida 13 yoşli bola atrofi oçiq holatda turgan transformator ustiga çiqişi oqibatida bola tok urib vafot etgan edi. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.
“Yuqori kuçlanişdagi tokda işlaydigan elektr qurilmalarini örnatiş va ulardan foydalaniş aholi uçun, ayniqsa bolalar uçun doimiy xavfsiz bölişi çoralari mutasaddilar tomonidan ta’minlanişi şart.
Respublikaning barça hududlarida yuqoridagi fojiali holatlarni oldini oliş maqsadida bola xavfsizligini ta’minlaşga oid belgilangan standartlarga rioya etişni nazorat qiliş va zarur çoralarni köriş yuzasidan Bolalar ombudsmani tomonidan vakolatli davlat organiga tegişli ta’sir hujjati kiritildi”, – deyiladi Oliy Majlisning bola huquqlari böyiça vakili bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namanganning boşqa bir tumani – Mingbuloqda ham 4 yoşli bola hojatxona izlab, oçiq qoldirilgan transformator içiga kirib, ikki qölidan ayrilgan edi. Tergov va sud organlari bu jinoyat oqibati bölganini tasdiqlab, mas’ul xodimni javobgarlikka tortgan.
Bundan taşqari, fevral oyida Farğona şahridagi xususiy boğçalardan birida transformator oçiq qoldirilişi oqibatida 6 yaşar bolaning tana a’zolari kuyib ketdi. Bu holat böyiça ham jinoyat işi oçilgan.
















