O‘zbekiston | 10:24
1967
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kuchli yog‘ingarchilik sabab ayrim hududlarda suv to‘plandi

Kecha tunda Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida ayrim pastqam joylar va ko‘chalarda suv to‘planish holatlari qayd etildi. Vazirlik va xizmatlar tomonidan holatni bartaraf etish uchun obodonlashtirish xizmatlari xodimlari hamda maxsus texnikalar jalb qilindi.

Foto: Kun.uz

Kecha tunda poytaxtda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent shahrining ayrim pastqam joylari va ko‘chalarida suv to‘planish holatlari yuzaga keldi.

Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, vaziyatni tezkor bartaraf etish maqsadida shahar obodonlashtirish xizmatlari xodimlari hamda maxsus texnikalar to‘liq jalb etilgan.

Hozirda shaharda vaziyat barqaror ekani va to‘liq nazorat ostida ekani bildirildi.

Shuningdek, fuqarolardan shu kabi holatlar bo‘yicha korhol vaziyat yuzaga kelsa, 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘raldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid