«Boris» töfoni oqibatida yuzaga kelgan kuçli yoğingarçilik Markaziy va Şarqiy Yevropada insonlar hayotiga zomin böldi. Avariya xizmatlari suv toşqinlariga qarşi kuraşda himoya tösiqlarini mustahkamlamoqda, deb xabar beradi BBC.
Reuters agentligining yozişiça, Avstriyadagi suv toşqinida fuqarolarni qutqariş operatsiyasi vaqtida bir nafar öt öçiruvçi halok bölgan. Venani örab turgan hudud ofat zonasi deb e’lon qilingan, mahalliy hukumat «misli körilmagan ekstremal vaziyat» haqida gapirmoqda.
Polşa boş vaziri Donald Tuskning ma’lum qilişiça, mamlakatda kuzatilgan suv toşqinlari oqibatida bir kişi halok bölgan.

«Boris» töfoni Ruminiyada ham qurbonlarga sabab bölgan. 14 sentabr kuni hukumat Galats şahridagi suv toşqini oqibatida tört kişi halok bölganini e’lon qilgandi. Çexiyaning ayrim hududlarida esa evakuatsiya e’lon qilingan. Mamlakat şimolidagi 51 mingga yaqin xonadon elektr energiyasisiz qolgan.
«Biz yana iqlim özgarişi oqibatlariga duç kelmoqdamiz, buning Yevropa davlatlariga ta’siri tobora kuçayib bormoqda», — deydi Ruminiya prezidenti Kalus Yoxannis. Slobozi-Konaki komunnasi meri Emil Dragomirning sözlariga köra, 700 ta uy suv ostida qolgan.
Polşa janubi-ğarbidagi Gluxolazi şahrida daryo özanidan toşib çiqib, köçalarni suv bosgan. Rasmiylar aholini baland tepaliklarga evakuatsiya qilişga çaqirgan.

Şuningdek, Çexiya janubidagi töğondan suv toşib çiqqan. Mamlakat atrof-muhit muhofazasi vaziri Pyotr Xladik aholini öz uylarini tark etişga tayyorlanişga çaqirgan. Xladikning aytişiça, yer suv bilan töyingan va uning yuzasida qolayotgan yomğir suvlari kutilmagan suv toşqinlari xavfini oşiradi.












