Jamiyat | 15:22
995
2 daqiqa o‘qiladi

Novosibirskda ushlab turilgan fuqaro farzandi bilan vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan hamyurtlarimiz - ona va uning yosh qizini vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi kechiktirib bo‘lmaydigan amaliy chora-tadbir amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Foto: Dunyo

Aniqlanishicha, yosh ona Rossiyaning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Novosibirsk huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Qizcha esa bu vaqt davomida Novosibirskdagi “Oila” oila va bolalarga yordam ko‘rsatish markazida, Bosh konsul nazorati ostida bo‘lgan.

Bosh konsulxona diplomatlarining tezkor harakatlari natijasida qizaloq uchun barcha zarur hujjatlar olindi. 2026 yil 17 fevral kuni u konsulxona xodimlari tomonidan Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelindi va u yerda onasi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘sha kuni ona va bola Uzbekistan Airways aviakompaniyasining “Novosibirsk–Farg‘ona” reysi bilan vatanga qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolarining huquq va manfaatlarini xalqaro majburiyatlar va qabul qiluvchi davlatlar qonunchiligiga rioya qilgan holda himoya qilishga qaratilgan izchil siyosatini aks ettiradi. 

Shu bilan birga, xorijga ketayotgan fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va migratsiya rejimi buzilishining oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid