Novosibirsk viloyatida mahalliy hokimiyat pasterellyozga qarşi kuraş bilan izohlayotgan yirik xöjaliklardagi uy hayvonlarini majburiy tarzda olib qöyiş işlari yaqin orada yakunlanişi e’lon qilindi.
“Bizda yirik xöjaliklarda kasallik öçoqlari bor edi va şulardan bugun iş olib borilayotgan sönggisi qoldi. Kasallik holatlari kuzatilayotgan boşqa xöjaliklar yöq”, — dedi viloyat gubernatori va hukumati ma’muriyati axborot siyosati departamenti rahbari Sergey Neşumov 20 mart, juma kuni. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, şaxsiy yordamçi xöjaliklar bilan iş davom etadi.
Neşumovning aniqlik kiritişiça, hayvonlar Kozixa qişloğidagi “Vodoley” dehqon-fermer xöjaligidan olib qöyilmoqda. Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda aholi punkti tomon politsiya maşinalari va avtozaklar olib kelingani haqida yozgan. Hududiy ommaviy axborot vositalari esa qişloqqa kuçişlatar tuzilmalar kelgani sababli aloqa öçirilganini qayd etmoqda.
“Vodoley” xöjaligi rahbari Vladimir Gurkin avvalroq uning hayvonlari soğlom köringanini aytgan edi. Uning sözlariga köra, fevral oxirida fermadagi barça hayvonlarga qandaydir noma’lum vaksina qilingan, şundan keyin bir neçta jonivor kasallanib qolgan. Gurkinga qaysi kasallik aniqlangani ma’lum emas, çunki tahlil natijalari unga taqdim etilmagan.
Avvalroq Rossiyaning bir qator hududlarida hokimiyat uy hayvonlarini ommaviy ravişda söyişga yuborgani ma’lum bölgan edi. Bu esa fermerlarning noroziligiga sabab böldi, çunki ularga heç qanday tahlil natijalari körsatilmaganini, olib qöyilgan hayvonlar esa soğlom köringanini ta’kidlagan.
Mutaxassislar bu favqulodda çoralarning haqiqiy sababi boşqa kasallik — ya’ni oqsil (yaşçur) avji olişi bölişi mumkin, deb gumon qilmoqda. Bu kasallik pasterellyozdan farqli ravişda davolanmaydi.
Yaşçur kasalligi qayd etilgan mamlakatlar bu haqda Jahon hayvonlar salomatligi taşkilotiga xabar berişi şart. Şu bilan birga, göşt va sut mahsulotlari eksportiga çeklovlardan qoçiş uçun hokimiyatlarda bunday ma’lumotni bermaslik ham kuzatiladi.













