Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol va chang-to‘zon: qator hududlarda ogohlantirish e’lon qilindi
Bugun kunduz kuni respublika hududlarining bir qator qismida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda esa 20–23 m/s gacha yetishi mumkin. Kuchli shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimoli bor.
Ma’lum qilinishicha, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda esa shamol tezligi ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxt Toshkent shahrida kechga tomon shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi hamda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli qayd etilgan.
Kuchli shamol va chang-to‘zonlar sharoitida fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda. Xususan, avtotransport haydovchilariga yo‘lda ehtiyot bo‘lish, tezlikni me’yorda ushlash, ko‘rish masofasi pasayishi mumkinligini inobatga olish tavsiya etildi. Shuningdek, piyodalarga daraxtlar, elektr simlari, reklama konstruksiyalari va qurilish maydonlari atrofida ehtiyot bo‘lish, yengil buyumlarni mahkamlash va imkoni boricha ochiq havoda uzoq qolmaslik tavsiya qilinadi.
Mutasaddilar o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda rasmiy ob-havo xabarlari va ogohlantirishlarini kuzatib borishni maslahat bermoqda.
Mavzuga oid
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
16:48 / 24.02.2026
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba loyihasi yaratiladi
11:40 / 11.02.2026
Kuchli shamol va sel Samarqandda talafot keltirib chiqardi
11:43 / 09.02.2026