O‘zbekiston | 09:34 / 28.02.2026
1783
2 daqiqa o‘qiladi

1 martdan O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi

O‘zbekistonda har yili 1 martdan 15 avgustga qadar ov qilish taqiqlanadi. Bu cheklov yovvoyi fauna vakillarining ko‘payish davrida ularni muhofaza qilish va tabiiy muvozanatni saqlashga qaratilgan.

Foto: Kun.uz

2020 yil 8 iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, respublika hududida ov mavsumi 1 martdan 15 avgustgacha yopiladi.

Mazkur cheklov biologik resurslarni asrash, yovvoyi hayvonlar va qushlarning ko‘payish davrida ularni muhofaza qilish hamda tabiatdagi muvozanatni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Ekologiya qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy reyd tadbirlarini olib bormoqda. Taqiqlangan mavsumda ov qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qo‘mita fuqarolarni ov mavsumi yopiq davrida tabiatga ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, noqonuniy ov holatlariga duch kelgan taqdirda 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 ishonch telefonlari, ecogovuz_bot telegram boti orqali yoki qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid