Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda uch platformali gipertovushli raketa ishlab chiqildi
Gipertovushli dvigatellarga ixtisoslashgan Ursa Major Amerika kompaniyasi ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi gipertovushli raketa tizimini taqdim etdi. Shu orqali kompaniya yuqori tezlikdagi qurollarni yanada tezkor va arzonroq qilishga qaratilgan yo‘nalishini ochiq ko‘rsatdi.
Bu haqdagi bayonot Air Warfare Symposium — Harbiy-havo va kosmik kuchlar assotsiatsiyasining simpoziumida berildi. U yerda mudofaa sanoati rahbarlari yangi avlod aviatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
HAVOC nomli yangi tizim faqat jang vositasi sifatida emas, balki sinovlar va shaxsiy tarkibni tayyorlash uchun gipertovushli nishon sifatida ham ishlab chiqilmoqda. Kompaniya vakillariga ko‘ra, bunday ikki tomonlama yondashuv bir vaqtning o‘zida ham shoshilinch operativ ehtiyojlarga javob berish, ham AQShning sanoat bazasini mustahkamlash imkonini beradi.
HAVOC raketa tizimining asosida kompaniyaning o‘z ishlanmasi bo‘lgan Draper suyuq yonilg‘ili raketa dvigateli yotadi.
HAVOC’ning asosiy xususiyatlaridan biri — uchishning barcha bosqichlarida: tezlashish uchastkasida, kreyser fazasida va yakuniy yo‘naltirish bosqichida boshqarish va dvigatelni qayta ishga tushirish imkoniyatidir. Bunday moslashuvchanlik an’anaviy “tezlashish — planerlash” turidagi gipertovushli tizimlar yoki qanotli raketalar bilan taqqoslaganda, ancha murakkab manyovrlar va jang profillarini amalga oshirishga yo‘l ochadi.
Dvigatelning parvoz davomida boshqarilishi tufayli, gipertovush tezliklardagi o‘ta kuchli issiqlik yuklamalarida odatda talab qilinadigan qimmat issiqlikdan himoya tizimlariga ehtiyoj qolmaydi. Bu yechim kompleksning umumiy qiymatini pasaytiradi va ta’minot logistikasini soddalashtiradi.
HAVOC modulli arxitekturaga ega bo‘lib, turli qattiq yonilg‘ili raketa tezlatkichlari bilan integratsiya qilish imkonini beradi. Bu esa uni turli uchirish platformalari bilan moslashishini ta’minlaydi.
Raketa qiruvchilar va bombardimonchilarda joylashtirilishi, kemalardagi vertikal uchirish o‘rnatmalaridan (VLS) ishga tushirilishi, shuningdek yerusti komplekslaridan ham uchirilishi mumkin. Tanlangan tezlatkichga qarab, uzoqroq masofali variantlar ham mavjud.
Kompaniya ta’kidlashicha, dastur ortida gipertovushli tizimlarni ishlab chiqish va parvoz sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘n yildan ortiq tajriba turadi. Ularning Hadley dvigatellari gipertovushli parvoz sharoitida allaqachon sinovdan o‘tgan va real ssenariylarda ishlash qobiliyatini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
22:03 / 03.06.2026
Netanyahu Tramp bilan bo‘lgan bahsni oilaviy kelishmovchilikka qiyosladi
09:20 / 03.06.2026
Trampning yaqin ittifoqchisi Milliy razvedkaga rahbarlik qiladi
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
20:29 / 02.06.2026