Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yil yanvarda yengil avto ishlab chiqarish 22 mingdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar oyida jami 22 099 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Foto:Kun.uz
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 ming donaga oshgan bo‘lib, avtoishlab chiqarish sohasida ijobiy o‘sish dinamikasi qayd etilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Cobalt — 6 993 dona;
Damas — 3 628 dona;
KIA — 2 298 dona;
Onix — 1 974 dona;
Tracker — 1 900 dona;
BYD — 1 352 dona;
Haval — 1 135 dona;
Chery — 757 dona;
maxsus yengil avtomobillar — 2 062 dona.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmida Cobalt yetakchilik qilgan bo‘lsa, Damas va KIA rusumlari ham yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ichki bozor talabining saqlanib qolayotgani hamda eksport imkoniyatlarining kengayayotgani bilan izohlanmoqda.
Mavzuga oid
08:59 / 22.05.2026
BYD Beni Motors Samarqand shahridagi yangilangan dilerlik markazini taqdim etdi
08:44 / 21.05.2026
Milliy statistika: mamlakatda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilmoqda
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
16:32 / 14.05.2026