Toşkent şahrida töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buzgan avtomobillarni jarima maydoniga olib ketiş boşlanadi, deya xabar berdi Yöl harakatini taşkil etiş markazi.
Tartibli şaharni yaratiş işlarining keyingi bosqiçida notöğri joyda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iyroq çora köriş rejalaştirilyapti.
«Poytaxtning turli tumanlarida avtomobillarning piyodalar yölaklarida, ötiş joylari yaqinida, bekatlarda, yaşil hududlarda, töxtaş yoki töxtab turişni taqiqlovçi belgilar örnatilgan joylarda qoldirilişi muntazam kuzatilmoqda. Bu esa odamlarning xavfsiz va erkin harakatlanişiga, jamoat transporti hamda maxsus texnika qatnoviga tösqinlik qiladi. Ayniqsa, bunday vaziyatlar keksalar, bolalar aravaçasidagi ota-onalar, nogironligi bölgan şaxslar va bolalar uçun qiyinçilik tuğdiradi», deyiladi markaz xabarida.
Şaharda bunday qoidabuzarliklarga nisbatan yanada qat’iy çoralar köriş amaliyotiga ötiladi. Töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buzgan holda qoldirilgan avtomobillar belgilangan tartibda evakuatsiya qilinib, maxsus jarima maydonçalariga joylaştiriladi.
Markaz bundan maqsad köçalarda tartibni örnatiş, harakat xavfsizligini, jamoat joylari aholi uçun oçiq va xavfsiz bölişini ta’minlaş ekanini qayd etgan.
«Töxtaş va töxtab turiş uçun joy tanlayotganda yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling hamda avtomobillarni taqiqlangan, piyodalar, jamoat transporti, maxsus texnika harakatiga xalaqit beradigan yoki xavfsizlikka tahdid soladigan joylarda qoldirmang», deyiladi markaz xabarida.

















