Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan ikkilamçi bozordagi avtomobillar narxlarining özgarişi tahlil qilindi.

Qayd etilişiça, 2024 yil iyun oyida jami takliflarda elektromobillar uluşi 5,4 foiz bölgan bölsa, 2026 yil aprelida bu körsatkiç 10 foizga yetdi. Mahalliy avtomobillar uluşi esa 53,7 foizdan 47 foizgaça qisqargan.

Umuman olganda, aprel oyida takliflar soni mart oyiga nisbatan kamaydi. Tozalangan ma’lumotlar böyiça jami e’lonlar soni 13,5 mingtani taşkil etdi. Bu mart oyiga nisbatan 18,6 foiz kam, biroq ötgan yilning mos davriga nisbatan 59,6 foiz köp.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari barqaror tarzda saqlanib qolyapti. Kam haydalgan Cobalt median narxi 12 900 dollar atrofida özgarmagan, Onix esa 14 800 dollargaça qimmatlaşgan. Şu bilan birga, ayrim Damas, Labo va Nexia modellarida pasayiş kuzatilgan.

Xorijiy avtomobillar segmentida esa narx dinamikasi har xil şakllangan. Kam foydalanilgan ayrim Chery  va Kia modellarida pasayiş kuzatilgan bölsa, köp va örtaça foydalanilgan lyuks segmentdagi Karnival hamda Sorento modellari qimmatlaşgan.

Elektromobillar segmentida BYD Seagull narxi 15,5-16 ming dollar, Yuan Up narxi 20-21,5 ming dollar, Chazor narxi esa 20,5-22 ming dollar atrofida şakllangan.

Sönggi 6 oylik davrni oladigan bölsak, Lacetti va Cobalt bahosi oylik nisbatda yo özgarmagan yoki arzonlaşgan. Malibu va Tracker narxlarida esa beqarorlik kuzatilyapti.

Tahlil OLX platformasidagi oçiq e’lonlar asosida tayyorlangan.