Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Galaxy S26 - siz bilan birga o‘ylaydigan AI-phone
Samsung Galaxy S26’ni taqdim etdi - brend lineykasidagi ilk intuitiv AI-phone. Bu yerda sun’iy intellekt alohida “funksiya” emas, balki butun tizimning asosi sifatida joriy etilgan.
Foto: Galaxy S26
Galaxy AI foydalanuvchining odatlarini tahlil qiladi va qurilma ishlashini uning kundalik ritmiga moslashtiradi. AI-phone mustaqil ravishda ishlash tezligi va batareya sarfini optimallashtiradi hamda oldingi modelga nisbatan vazifalarni 30% gacha tezroq bajarishni ta’minlaydi. Ya’ni — kamroq kechikish, ko‘proq tezlik va avtonomlik.
Yangi avlod kamerasi AI yordamida sahnalarni real vaqt rejimida aniqlaydi. AI-phone yorug‘lik, rang va detallarni avtomatik ravishda sozlaydi, portret va tungi suratlarni yanada yaxshilaydi. Foydalanuvchiga faqat tugmani bosish qoladi — natija professional ishlov berilgandek ko‘rinadi.
Kundalik hayotda Galaxy S26 yanada ko‘proq yordam beradi: intellektual shovqinni pasaytirish texnologiyasi shovqinli joylarda ham aniq suhbatlashish imkonini beradi, o‘rnatilgan tarjima funksiyasi esa muloqot va sayohatni osonlashtiradi.
Galaxy S26 — bu shunchaki seriya yangilanishi emas. Bu murakkab sozlamalarni talab qilmaydigan zamonaviy texnologiyalar sari qadamdir. U kontekstni tushunadi, vazifalarni tezlashtiradi va texnologiyalarni haqiqatan ham qulay qiladi.
Reklama huquqi asosida