O‘zbekiston | 12:06
1244
1 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasi 26 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi Fair tech yagona axborot tizimi orqali o‘tkazgan o‘rganishlarida ayrim dorixona va ulgurji sotuvchilar belgilangan savdo ustamalariga amal qilmagani aniqlandi. Natijada 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olingani qayd etildi.

Foto: Getty Images

Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi ma’lum qilishicha, Fair tech yagona axborot tizimi orqali olib borilgan o‘rganishlar jarayonida dori vositalarini sotishda belgilangan qoidalarga rioya etilmayotgan holatlar aniqlangan.

Xususan, boshqarma tomonidan viloyatdagi 26 ta dori vositalarini ulgurji sotuvchi sub’yektda o‘rganish o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida dori vositalarini sotishda belgilangan ulgurji referent narxlardan yuqori narx qo‘llanilgani, shu orqali esa jami 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olingani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, holat maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, referent narxlarga amal qilmagan, asossiz ravishda narxlarni oshirib sotgan ulgurji sotuvchilarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, qonunchilikka muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid