Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Dubay reyslari 4 martdan bosqichma-bosqich tiklanadi
2026 yil 4 martdan boshlab Toshkent – Dubay va Dubay – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha UzAirways, Centrum Air hamda Qanot Sharq aviakompaniyalari reyslari bosqichma-bosqich tiklanishi ma’lum qilindi. Parvozlar belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi.
Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, reyslar quyidagi jadval asosida yo‘lga qo‘yiladi:
UzAirways
HY333 Toshkent – Dubay — 2026 yil 4 mart, soat 08:30 (jadval asosida);
HY334 Dubay – Toshkent — 2026 yil 4 mart, soat 12:30 (jadval asosida).
Centrum Air
C6-351 Toshkent – Dubay — 2026 yil 4 mart, soat 05:30 (jadval asosida);
C6-352 Dubay – Toshkent — 2026 yil 4 mart, soat 10:25 (jadval asosida).
Qanot Sharq
HH901 Toshkent – Dubay (DWC) — 2026 yil 4 mart, soat 05:10 (jadval asosida);
HH902 Dubay (DWC) – Toshkent — 2026 yil 4 mart, soat 10:30 (jadval asosida).
Qo‘shimcha ma’lumotlar aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali e’lon qilib borilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, fuqarolarga parvoz vaqti va reys holatini oldindan aviakompaniyalar bilan aniqlashtirish, tasdiq olingandan so‘nggina Dubay xalqaro aeroportiga yetib borish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026