Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sudya 300 dollar olayotganda ushlangan – manba
Kun.uz manbasiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tumanlararo sudi sudyasi tezkor tadbirda qo‘lga olingan. U alimentni bekor qilib berish evaziga pul talab qilgani aytilmoqda.
Foto: Kun.uz
FIB Past Darg‘om tumanlararo sudi sudyasi (sudyaning shaxsi tahririyatga ma’lum) pora bilan ushlangan. Buni Kun.uz’ning sud tizimidagi manbasi tasdiqladi.
Manbaga ko‘ra, sudya alimentni bekor qilib berish evaziga 300 dollar olayotganda ushlangan. Hozirda u protsessual tartibda ushlab turilibdi. Biroq hozircha bu haqda rasmiy axborot berilmadi.
Kun.uz holat yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov bilan bog‘landi. U sudya qo‘lga olinganini inkor etmadi.
Avvalroq JIB Xonobod shahar sudi sobiq raisi uzoq muddatga qamalgan edi. U boshqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddatini kamaytirishni va’da qilib, sudlangan shaxsning onasidan 30 ming dollar olgan vaqtda ushlangandi.
Mavzuga oid
08:54 / 04.03.2026
Hindistonda sud mojarosi: AI to‘qib chiqargan qarorlar ishda asos bo‘lgan
11:52 / 03.03.2026
Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
14:19 / 27.02.2026