Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda davlat xizmatçilari uçun jazoni ijro etiş muassasalari hamda tergov hibsxonalariga profilaktik ekskursiya amaliyoti yölga qöyildi.


Qayd qilinişiça, taşabbus 2026 yilga möljallangan Korrupsiyaning oldini oliş böyiça Harakatlar rejasi doirasida amalga oşirilmoqda.
Ta’kidlanişiça, ekskursiyaning asosiy maqsadi — korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oğir oqibatlarini davlat xizmatçilariga bevosita körsatiş, har qanday noqonuniy xatti-harakatning muqarrar huquqiy oqibatlari haqida aniq tasavvur şakllantiriş, xizmat vakolatidan faqat davlat va jamiyat manfaatlari yölida foydalaniş mas’uliyatini oşiriş hamda halollik, qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiqlikni kuçaytirişdan iborat.


Ekskursiya davomida davlat xizmatçilari tergov xonalari, hibsda saqlaş kameralari hamda muassasalarning boşqa infratuzilma obektlari bilan yaqindan taniştirilgan. Şuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar uçun jazo ötayotgan şaxslar bilan muloqotlar taşkil etilgan.


Ta’kidlanişiça, kelgusida bunday ekskursiyalar vazirlik va idoralar rahbarlari hamda korrupsiyaviy xavf darajasi yuqori bölgan sohalardagi xodimlarni bosqiçma-bosqiç qamrab oladi.