Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
7 va 9–10 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida tezkor gidrometeorologik ogohlantirish berildi.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, sel xavfi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida ham sel-suv toshqinlari ehtimoli bor.
Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida, Navoiy viloyatida esa Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida shunday xavf mavjud.
Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida ham sel kelishi mumkin.
Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida, Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida ham sel xavfi qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘irlar natijasida yomg‘ir suvlari to‘planishi va ayrim joylarni suv bosishi ehtimoli borligi ham ta’kidlangan.
Mavzuga oid
09:42 / 28.02.2026
2–6 mart: tog‘li hududlarda sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi
09:55 / 25.02.2026
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:32 / 16.02.2026