Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bosh murabbiyligiga qaytdi
52 yoshli ispaniyalik mutaxassis O‘zbekiston futzal federatsiyasi bilan 2 yillik shartnomani imzoladi.
Foto: O‘zbekiston futzal federatsiyasi
Ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi, u bilan 2 yillik shartnoma imzolandi, deb xabar berdi O‘zbekiston futzal federatsiyasi.
Mendes muqaddam ikki bor O‘zbekiston milliy jamoasini boshqargan: dastlab 2011–2012 yillarda, so‘ng 2014–2017 yillarda. Uning rahbarligi ostida milliy jamoa 2016 yilgi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
52 yoshli Xose Mariya Pazos Mendes — Pulpis 1974 yilda Ispaniyaning Lugo shahrida tug‘ilgan. Murabbiylik faoliyatini 1996 yilda boshlagan va “Lugo”, “Melilya”, “Kafe Kandelas Lugo”, “Valensiya”, Xorvatiyaning “Orkan”, shuningdek, “Barsel” klublarida ishlagan.
2008–2009 yillarda Tailand, 2010 yilda Vetnam milliy jamoasini boshqargan. Shundan so‘ng, uning O‘zbekiston bilan bog‘liq faoliyati boshlandi. Milliy jamoadan tashqari, 2016–2017 yillarda mamlakat chempioni “Ardus” klubida ham faoliyat yuritdi.
2019–2026 yillar davomida u Tailandda faoliyat olib bordi. 2023 yil qisqa muddat Xitoyning "Shenjyen" jamoasini boshqardi. Murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vitse-chempioni, shuningdek, klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda Osiyo kubok egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:38 / 03.02.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini chorakfinalda tark etdi
22:40 / 30.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogida Avstraliyani mag‘lub etdi
19:02 / 28.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini durang bilan boshladi
18:57 / 14.02.2025