O‘zbekiston | 09:18
952
1 daqiqa o‘qiladi

Temur Malik ko‘chasida harakat ikki yo‘nalishda qisman tiklandi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Temur Malik ko‘chasining ayrim qismida avtoulovlar harakati qisman tiklandi. Xususan, Sultoniya ko‘chasi bilan kesishmadan boshlab Temur Malik ko‘chasi orqali Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘nalishda transport vositalari harakatiga ruxsat berildi.

Ma’lum qilinishicha, Temur Malik ko‘chasida Sultoniya ko‘chasidan harakatlanganda, qarama-qarshi yo‘nalish orqali Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga chiqish mumkin

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab Sultoniya ko‘chasiga harakatlanishga ham ruxsat etilgan.

Har ikki yo‘nalishda transport vositalari uchun harakat tezligi 30 km/soat etib belgilangan. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raldi.

Avvalroq Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasidagi tunnelning tirgak devori o‘pirilib tushishi ortidan ta’mirlash ishlari sababli ushbu ko‘chaning ma’lum qismida avtoulovlar harakati vaqtincha cheklangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid