Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yaqin Sharqqa dengiz piyoda askarlari va harbiy kemalar yuboryapti
Pentagon Yaqin Sharqqa minglab dengiz piyoda askarlari, shuningdek harbiy kemalardan iborat qo‘shimcha kuchlarni ko‘chirmoqda. Axios xabariga ko‘ra, AQSh bu orqali “Eronga qarshi harbiy operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish”ni maqsad qilgan.
Foto: REUTERS
Pentagon Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi kuchaytirilayotgan bir paytda Yaqin Sharqqa qo‘shimcha ravishda dengiz piyoda askarlari va harbiy kemalarni yo‘llamoqda. Bu haqda 13 mart, juma kuni The Wall Street Journal gazetasi uch nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, AQShning mintaqadagi kuchlari uchun mas’ul bo‘lgan Markaziy qo‘mondonlikning tegishli so‘rovini mudofaa vaziri Pit Hegset ma’qullagan. Bu so‘rov desant guruhi va ekspeditsion otryadni joylashtirishni nazarda tutadi. Bunday birlashma odatda taxminan besh ming nafar dengiz piyoda askari va dengizchini, shuningdek bir nechta kemani o‘z ichiga oladi.
Ikki amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyada joylashgan USS Tripoli desant kemasi va undagi dengiz piyoda askarlari hozir Yaqin Sharq sari yo‘l olgan. Gazeta suhbatdoshlari dengiz piyoda askarlarining bir qismi allaqachon mintaqada ekanini ham qayd etgan.
Associated Press agentligi AQSh harbiy idorasidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Yaqin Sharqqa taxminan 2,2 ming askardan iborat 31-ekspeditsion dengiz piyodalari korpusi va USS Tripoli yuborilgan. Ayni paytda bu kema, shuningdek odatda Yaponiyada joylashgan dengiz piyoda askarlari bilan birga bo‘lgan boshqa kemalar Tinch okeani suvlarida turibdi. Ularning Eronga yetib borishi uchun taxminan bir hafta kerak bo‘ladi.
Associated Press ta’kidlashicha, “bu qadam mintaqadagi qo‘shinlar soni sezilarli darajada oshirilayotganini anglatsa-da, bu yerusti operatsiyasi (Eronda — tahr.) muqarrar yoki umuman bo‘ladi, degani emas”.
Qayd etilishicha, dengiz piyoda askarlarining ekspeditsion korpuslari faqat desant operatsiyalarini bajarish bilan cheklanmay, balki elchixonalar va tinch aholini muhofaza qilish, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda ham yordam ko‘rsatishi mumkin.
Shu bilan birga, Axios portali manbasi AQSh Markaziy qo‘mondonligining so‘rovi aynan “Eronga qarshi harbiy operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish” uchun qilinganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha dengiz piyodalari bo‘linmalari va USS Tripoli'dan tashqari, Yaqin Sharqqa boshqa jangovar kemalar, shuningdek F-35 qiruvchi samolyotlari ham yetib keladi.
28 fevral ertalab AQSh va Isroil Eron hududiga zarbalar berishni boshlaganidan so‘ng, Tehron hukumati neft va gaz yetkazib berish uchun muhim bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatni amalda to‘sib qo‘ydi va Eron uni “to‘liq nazorat” qilayotganini bildirdi.
Bu esa energiya tashuvchilar narxining o‘sishiga olib keldi. Shu sababli, xususan, AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi.
Vashington Tehronni bo‘g‘ozni minalashda ayblagan, Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari esa, Britaniyaning The Financial Times gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z kemalarining u yerdan xavfsiz o‘tishi bo‘yicha kafolatlar yuzasidan Eron hukumati bilan muzokara olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:25
Do‘stlikdan dushmanlikkacha – AQSh va Isroil Eronga necha marta havo hujumlarini amalga oshirgan?
11:55
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
11:35
Kuba AQSh bilan muzokaralar olib borayotganini rasman tan oldi
11:10