Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Eron dronlarini urib tushirish uchun ukrainalik operatorlarni Yaqin Sharqqa yuborishni taklif qilgandi.
Foto: X/Ebrahimazizi33
Isroilning Tehronga qarshi urushida yordam bergani sababli Ukrainaning butun hududi Eron uchun qonuniy nishon hisoblanadi. Eron parlamentining milliy xavfsizlik bo‘yicha komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy ana shunday bayonot berdi.
«Inqirozga uchragan Ukraina Isroil rejimiga dronlar bilan yordam ko‘rsatish orqali amalda urushga kirdi va BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, butun hududini Isroil uchun qonuniy nishonga aylantirdi», — deb yozdi Aziziy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Kiyev va Tel-Avivning uchuvchisiz uchadigan qurilmalar sohasida hamkorligi bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘q. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Eron dronlarini urib tushirish uchun ukrainalik operatorlarni Yaqin Sharqqa yuborishni taklif qilgan.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Kiyev yordamiga muhtoj emasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari dronlar haqida hammadan ko‘proq bilishadi va bu sohada eng yaxshi texnologiyalarga ega.
Mavzuga oid
21:35
AQSh urushni to‘xtatishi nimaga bog‘liq?
15:49
FT: YeIda Eron bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasi muhokama qilinmoqda
13:37
Zelenskiy: AQSh sanksiyalarni yumshatishi Rossiya pozitsiyasini faqat mustahkamlaydi
13:27