O‘zbekiston | 19:30
1994
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta agrodron olib kelindi

Mazkur dronlarning 50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qilish, yana 50 tasi esa, o‘g‘itlash, zararkunandalarga qarshi ishlov berish va agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan 100 ta agrodron olib kelindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Jahon banki ko‘magida olib kelingan mazkur dronlarning 50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qilish, yana 50 tasi esa, o‘g‘itlash, zararkunandalarga qarshi ishlov berish va agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

“Loyiha doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan mahalliy kadrlar ham tayyorlanmoqda. “O‘zdaverloyiha” DILI va uning hududiy bo‘linmalarining 30 nafar mutaxassisi dronlarni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilmoqda, kelgusida esa 100 nafar malakali operator tayyorlash rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

9 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va sohada ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Taqdimotda qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan, talabalarni agrodronlardan foydalanishga o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi aytilgandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid