Qişloq xöjaligi vazirligi huzurida dron xizmatlarini körsatuvçi alohida markaz işga tuşirilgan bölib, u mazkur sohada mutaxassislar tayyorlaş va agrodronlarga servis xizmatini körsatiş imkonini bermoqda. Joriy yilning özida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, şuningdek, ilğor agrotexnik tadbirlar amalga oşirilgan.
Kelgusi yili Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali fermer va klasterlarga agroxizmatlar körsatiş yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, agrar sohada dronlar uçun belgilangan uçiş oğirligi çegarasi hozirgi 100 kilodan 250 kilogaça oşiriladi. Bu esa kengroq maydonlarni qamrab oliş, qişloq xöjaligi işlari samaradorligini yanada oşiriş imkonini beradi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida qişloq xöjaligida raqamli texnologiya va sun’iy intellektni joriy etiş orqali xarajatlarni kamaytirib, yuqori hosildorlikka erişayotgan fermer va klasterlar soni ortib borayotganini ta’kidlab, bu tendensiyani qöllab-quvvatlaş muhimligini qayd etdi.












