Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
Adliya vazirligi tomonidan “Bojxona ishi sohasida qo‘llaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tartibga ko‘ra, tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, omborga joylashtirish hamda ular harakatini hisobga olish jarayonlarini yanada aniq va shaffof yuritish maqsadida bir qator yangi hujjat shakllari joriy etildi.
Jumladan, tovar va transport vositalarini tekshirish natijalarini rasmiylashtirish uchun bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va bagajlarini tekshirish bo‘yicha alohida dalolatnoma, deklarantlar uchun tovarlarni oldindan ko‘zdan kechirish yoki o‘lchashga oid elektron murojaatnoma hamda yuklarni bojxona omboriga tushirish bo‘yicha maxsus dalolatnomalar shakllari tasdiqlandi.
Mazkur hujjatlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi belgilandi. Shu bilan birga, avtomobil transportida xalqaro yuk tashish faoliyatini amalga oshirayotgan bojxona tashuvchilarini reyestrga kiritish uchun alohida murojaat qilish talabi hamda ariza shakli bekor qilindi.
Kiritilgan o‘zgarishlar bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, hujjat aylanmasini soddalashtirish va sohada shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026
Tolibjon Saidov yangi lavozimidan ozod etildi
13:14 / 28.02.2026
Pensiyaga kuzatilgan bojxonachi 4 kundan keyin yangi lavozimga tayinlandi
11:40 / 11.02.2026