Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishni taklif qildi
Hindistonning Tejas Networks kompaniyasi O‘zbekistonda 5G aloqa standartlarini joriy etish, simsiz infratuzilmani rivojlantirish va qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni taklif qildi.
Foto: “Dunyo” AA
Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev Tejas Networks kompaniyasi vitse-prezidenti Rajnish Khullar bilan muzokara olib bordi. Unda tomonlar mamlakatda ilg‘or telekommunikatsiya yechimlarini joriy etish istiqbollarini muhokama qildi.
Tejas Networks — Hindistonning Tata Group konglomerati tarkibiga kiruvchi yetakchi telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, uning mahsulotlari 75 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi. Kompaniya aloqa operatorlari, internet-provayderlar hamda davlat va mudofaa sektorlari uchun yuqori texnologik yechimlar taklif etadi.
Uchrashuvda Hindiston tomoni O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi. Xususan, Tejas Networks va “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida 5G tarmoqlarini joriy etish, simsiz infratuzilmani kengaytirish hamda chekka hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va telekommunikatsiya sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar O‘zbekistonda zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Qayd etilishicha, Tejas Networks telekommunikatsiya sohasida patentlar soni bo‘yicha Hindistonda yetakchi hisoblanadi hamda Nokia, Ericsson va Huawei kabi global kompaniyalar bilan raqobatlashib kelmoqda.
Mavzuga oid
09:03 / 17.03.2026
Hindistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
20:56 / 14.03.2026
Hindistonda o‘zbekistonlik ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:54 / 04.03.2026
Hindistonda sud mojarosi: AI to‘qib chiqargan qarorlar ishda asos bo‘lgan
13:09 / 09.02.2026